Xonanda Dilso`z onalik vazifasini qay darajada uddalayotgani, ayni paytdagi ijodiy yangiliklari haqida “Hordiq” gazetasiga bergan intervyusida gapirib o`tdi.
Xususan, xonanda shou-biznesdagi o`ziga yoqmaydigan qonunlarni hazm qilishga urinayotgani haqida quyidagicha fikr bildirdi:
“Kayfiyatingiz va sog`lig`ingiz joyida bo`lmasa ham, xizmatlarga borganda, sahnada buni bildirishga haqingiz yo`q. Odamlarga ular ko`rishni istagan qiyofada ko`rinishga majbursiz. Qo`shiqchi ham yaxshi aktyor bo`la olishi, o`ynaydigan yagona obrazini hech qachon unutib qo`ymasligi lozim. Hatto boshiga eng og`ir kulfat tushganida yoki ichidan zil ketib turganda ham... Mana shunga o`xshash “qonun”larni hazm qilishga harakat qilyapman”.





