18 iyun kuni Rossiyaning Kareliya Respublikasida joylashgan oromgohda dam olayotgan 47 bola va to`rt nafar yoshi katta kuzatuvchidan iborat guruh Syamozero ko`lidan kechib o`tayotgan paytda po`rtana boshlandi. Buning oqibatida ikkita qayiq ag`darilib ketgan.
Rossiya FVV ma`lumotlariga ko`ra, 14 nafar bola va bir katta odam cho`kib ketgan. 13 bolaning jasadi topilgan, bir bolaning taqdiri noma`lum.
Petrozavodsk kasalxonasida 12 nafar o`quvchi bor, ularning hayotiga hech narsa xavf solmayapti. Yana 21 nafar bola kadetlar korpusiga joylangan.
Ma`lumotlarga ko`ra, 20 iyun kuni jasadlarning shaxsi aniqlanadi. Qolgan o`quvchilar poytaxtga ota-onalarini qo`llariga topshiriladi.
Diqqat, diqqat! “Darakchi.uz"ning Telegram’dagi rasmiy kanaliga a`zo bo`lib, yangiliklardan boxabar bo`ling!





