20 iyundan boshlab Samarqand avtobuslarida yo`l haqi miqdori 700 so`mdan 900 so`mni tashkil etadi. Bu haqdagi qaror loyihasi Samarqand viloyat hokimligi saytida e`lon qilindi.
Hujjatda tariflarning o`zgartirilishiga yonilg`i-energetika resurslari narxining oshgani sabab qilib ko`rsatilgan.
Ayni paytdagi yo`l haqi miqdori 2014 yil iyun oxirida belgilangan edi.





