Gollivud aktyorlari Anjelina Joli va Bred Pittning farzandlari bir nechta chet tilini, jumladan rus tilini o`rganmoqda, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Aktyorlarning farzandlari bundan tashqari vetnam va arab tilini ham o`rganmoqda. Farzandlarining til o`rganish borasidagi muvaffaqiyatlari haqida Joli AQShdagi radiostansiyalardan biriga bergan intervyusida aytib o`tgan.
Mashhur er-xotinlarning olti nafar farzandlari bo`lib, ulardan uch nafari asrab olingan bolalardir.
Jolining so`zlariga ko`ra, farzandlarining birontasi ham aktyorlikka qiziqmaydi, biroq ularning barchasi chet tillarini bajonidil o`rganadi.
“Men ulardan qaysi tilni o`rganishlarini istashlarini so`radim. Shaylo Kamboja tilini, Paks vetnam tilini, Med nemis va rus tilini, Zaxar fransuz, Viven arab, Noks esa kar-soqovlar tilini o`rganishga qiziqish bildirdi”,—deydi Joli.





