AQShda futbol bo`yicha Kopa Amerika-2016 turniri davom etmoqda. Navbatdagi chorak finalda Peru terma jamoas Kolumbiyaga qarshi bahs olib bordi.
Anchagina qiziqarli va kurashlarga boy kechgan o`yinda hisob ochilmadi. Musobaqa reglamentiga ko`ra pley-off bahslarida faqatgina finalda qo`shimcha vaqt o`ynaladi. Shu sababli, ushbu o`yinda penaltilar seriyasiga murojaat qilindi.
O`ziga xos futbol lotoreyasida kolumbiyaliklar omadli chiqdi va yarim finalsha yo`l oldi. Eslatib o`tamiz, kuni kecha AQSh termasi yarim final yo`llanmasiga ega bo`lgandi.
Kopa Amerika – 2016, 1/4 final
18.06.2016
Peru – Kolumbiya - 0:0 (0:0, 0:0)
Penaltilar seriyasi – 2:4
Peru: Galese, Korso, Ramos, Rodriges, Trauko, Tapiya, Vilches, Polo (Benavente, 81), Kueva, Flores (Ruidias, 77), Gerrero.
Kolumbiya: Ospina, Aryas, Sapata, Murilo, Dias (Fabra, 90), Sanches, Torres (Peres, 80), Kuadrado, Kardona (Moreno, 76), Xames, Bakka.
Ogohlantirishlar: Tapiya (63), Sapata (66), Dias (70).





