Xitoyning yirik Alibaba Group internet-kompaniyasi yaratilishi uning asoschisi Jek Ma hayotidagi eng katta xato bo`ldi. Bu haqda u Peterburgdagi xalqaro iqtisodiy forum doirasida ma`lum qildi.
«Men uni yaratayotganimda bu kichkina biznesim bo`lishi haqida o`ylagandim. Hozir esa men har kun prezident kabi bandman», — deydi Ma.
Alibaba rahbari keyingi hayotida bunday biznes bilan shug`ullanmasligi haqida aytib o`tdi. «Men o`zimning ishlarim bilan band bo`lib, shunchaki hayotdan bahra olaman», — deydi u.
Jek Ma kompaniyaga uzoq vaqt rahbarlik qilmasligini ma`lum qildi. Ushbu lavozimni tark etgach u atrof muhitni himoya qilish ishlari bilan shug`ullanmoqchi.





