Bozorning shu kunlarda to`liq ishga tushishi ko`zda tutilgan.
«Gazeta.uz» nashrining xabar berishicha, yirik rekonstruksiya doirasida avvalgi qishloq xo`jalik mahsulotlari rastalari o`rniga 464 joydan iborat yangi pavilon barpo etildi.
Alohida pavilonlar sharqona shirinliklar, go`sht, sut va non mahsulotlari uchun mo`ljallangan.
Suratlarda bozorning umumiy infratuzilmasi yangilangani, milliy ko`rinishga ega bo`lganligini guvohi bo`lish mumkin.
Bozor hududi ko`kalamzorlashtirilib, kelgan haridorlar uchun alohida qulayliklar yaratildi.








