Toshkent aeroportining vaqtincha yopilishi to`g`risida shoshilinch axborot xabarnomasi.
“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi o`z yo`lovchilariga xabar qiladiki, Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti rasmiy delegasiyasi samolyotlarining uchib ketishini ta`minlash munosabati bilan 2016 yil 24 iyunda mahalliy vaqt bilan 13.00 dan 18.00 gacha “Toshkent” aeroporti yo`lovchi qatnovlarini bajarish uchun yopiq bo`ladi.
“O`zbekiston havo yo`llari” MAKning shu payt ichida rejalashtirilgan qatnovlari shu kuni mahalliy vaqt bilan 18.00 dan so`ng bajariladi.
Qo`shimcha ma`lumotlar olish uchun telefon: 140 02 00. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun Milliy aviakompaniya o`z yo`lovchilaridan uzr so`raydi.





