50 yildan keyin ayollar qay darajada o`zgarishi haqida olimlar bugun javob berishga harakat qilishmoqda. Vaqt bir joyda to`xtab turmaydi, rivojlanish davom etadi, shu bilan birga ayollar ham o`zgarib boradi. Ular bugungidan ham go`zal bo`ladi, deydi “Interesno.cc” nashri.
Xelsinki universitetida Markus Yokela etakchilik qiluvchi bir guruh olimlar kelajakda ayollar hozirgidan-da, go`zal bo`ladi degan xulosaga kelishdi.
Tadqiqotchilar qonuniyatga asoslangan tendensiyani aniqlashdi, unga ko`ra chiroyli ayollar boshqa ayollarga qaraganda 16 % ko`proq farzandni dunyoga keltiradi, ularning bolasi ham, ayniqsa qizlari chiroyli bo`ladi.
Shu zaylda vaqt o`tgan sari go`zal ayollar soni oshib boradi. Bu tendensiya erkaklarga tegishli emas.
Ayollar soni ortadi
Satoshi Kanazama London iqtisod maktabining evolyusion psixologiya mutaxassislari tomonidan o`tkazilgan tadqiqotlar agar er-xotin chiroyli bo`lsa, ulardan tug`iladigan qiz ham go`zal, ham qiz tug`ilish ehtimoli yuqori bo`lar ekan. Shunday qilib, 50 yildan keyin erkaklarga nisbatan ayollar soni sezilarli darajada oshadi.
Bo`ylari pasayadi
Yel universiteti evolyusion jarayon mutaxassisi, biologiya fanlari professori Stiven Stirns rahbarligidagi guruh o`tkazgan tadqiqot natijasida kelajak ayollari hozirgidan ko`ra past bo`yli va vazni ham og`irroq bo`lishini ma`lum qildi. Ular Massachusets shtatidagi Fremingxem shahridagi 14 ming ayolning tibbiy kartalarini o`qib-o`rgandilar. Olimlar ayollarning bo`yiga, vazniga, qon bosimiga, xolesterin miqdoriga e`tibor qaratishganda, bularning barchasi ular dunyoga keltirgan farzandlari soniga bog`liq ekanligini aniqlashdi.
Tadqiqot kutilmagan xulosaga olib keldi, bo`yi past va og`ir vaznli ayollar bo`yi uzunlarga qaraganda ko`proq bola tug`ar ekan.
Agar bu tadqiqot xulosasiga tayanadigan bo`lsak, kelajakda ayollarning bo`yi o`rtacha 2 santimetrga kamayib, vazni 1 kilogrammga oshadi. O`rta hisobda ayollar ilk farzandini 5 oy ilgari dunyoga keltiradi, menopauza esa 10 oyga suriladi.
Bir-biriga o`xshaydi
Olimlar zamonaviy globalizasiya, immigrasiya va assimilyasiya ayollar yuz tuzilishining bir-biriga o`xshab qolishiga sabab bo`ladi degan fikrga keldi. Sepkil, ko`k va yashil ko`zli insonlar kamayadi.
Ammo irqlar bir-biri bilan aralashib ketmaydi. Yuz tuzilishining o`zgarishi ko`p omillarga bog`liq bo`ladi.
Bu bilan hamma ayollar bir xil qiyofaga kiradi degan fikrdan yiroqmiz. Bugungi kunda soch rangini, yuz tuzilishini, ko`z rangini o`zgartirish muammo emas. Kelajakda esa hali bola tug`ilmasdanoq gen injeneriyasi, tarkibida bo`yoq moddasi bo`lgan hujayralar yordamida bolaning tashqi qiyofasi dasturlanadi.
Ko`proq yuqori lavozimda ishlashadi
Olimlarning bashorat qilishicha, kelgusi asr shartli ravishda matriarxat deb ataladi. Ayollar yuz yillar ilgari yuqori mansabga ega bo`lish imkoniyatini qo`lga kiritganlar, yillar o`tgan sari ular tadbirkorlikni yo`lga qo`yib, boshqaruvni ham qo`llariga olganlar.
Massachusets texnologiya universiteti tadqiqotchilari kelajakda ayollar boshqaruvni o`z qo`llariga oladi degan xulosaga keldi. Ular Hindistonda ayollarning mahalliy kengashlardagi asosiy lavozimlarni egallashganini kuzatgandan keyin shu qarorga kelishdi. Tadqiqotlar ayollar erkaklardan ko`ra hamqishloqlariga ko`proq kuyunishlarini, pora olmasliklarini isbotladi.
Ammo shunga qaramay, erkaklar hamon ayollarni qarorlarida izchil, mantiqli fikrga ega bo`lmagan shaxs deb hisoblashadi. Dunyoning matriarxal yoki patriarxal tuzumga ega bo`lishi, ularning qay biri afzalligini esa vaqt ko`rsatadi.





