Kecha, 15 iyun kuni Braziliya futbol konfederasiyasi mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan Karlos Dungani iste`foga chiqardi.
AFP agentligining ma`lum qilishicha, Karlos Dunga o`rniga Braziliya termasini “Korintians” klubi ustozi Tite boshqaradi. Klub prezidenti Roberto de Andrade ushbu xabarni tasdiqladi.
Eslatib o`tamiz, Karlos Dunga boshchiligidagi Braziliya termasi Kopa Amerika turnirida Gaiti termasini yirik hisobda mag`lub qildi, Ekvador bilan durang o`ynadi va Peruga yutqazdi. Braziliya 4 ochko bilan guruhda qolib ketdi.





