Shu kunlarda “5-studiya” Yoshlar ijodiy tajriba uyushmasi tomonidan “Zumrasha” hajviy bolalar kinojurnalining yangi, 3 va 4-sonlarini tasvirga olish ishlari yakuniga etdi. Navbatdagi to`plamda “Qachon ketasizlar”, “Antiqa it”, “Yolg`onni misi chiqdi” hamda “Bir so`zli yigit” nomli hajviy syujetlar suratga olindi.
Sarvar Karimov rejissyorligida tayyorlangan “Bir so`zli yigit” syujeti XIX asr qahramonlari Don Adizo va Akbarittolarning Texas shahridagi sarguzashtlari haqida bo`lib, unda bir qo`li yo`q sobiq sherif Don Adizo meksikalik yollanma qotil Akbaritto bilan til biriktirib, cheroki hindu qabilasining xazinalarini izlash yo`lidagi voqealar haqida hikoya qilinadi.
“Zumrasha” kinojurnalining mazkur to`plamida To`xtamurod Azizov, Zuhra Solieva, Adiz Rajabov, Akbarxo`ja Rasulov, Asqar Hikmatov, Kamron Saidmurodov kabi taniqli va yosh ijodkorlar ishtirok etishgan.





