“Barselona”, “Inter” va “Anji” klublari sobiq a`zosi, ayni damda Turkiyaning “Antalyaspor” jamoasi hujumchisi Samuel Eto’O uzoq yillik tanishi, besh farzandining onasi Jorjett Tra Luga uylandi.
Daily Mail nashrining ma`lum qilishicha, to`y marosimi Milan shahridan shimolda joylashgan Stessano shaharchasida bo`lib o`tdi. Unda kataloniyaliklar sobiq himoyachisi Karles Puyol ham qatnashdi.
Eslatib o`tamiz, 2014 yilda kamerunlik futbolchi Jorjett Tra Lu bilan unashtirilgandi.





