1. Hech kim bilan aloqa qilmaslikka harakat qilib ko`ring, shunda kimga kerakligingiz ma`lum bo`ladi.
2. Agar bir paytda ikki insonni sevadigan bo`lsangiz, ikkinchisini tanlang, chunki birinchisini haqiqatan ham sevganingizda ikkinchi odamni sevmagan bo`lardingiz.
3. Boshqalarning siz haqingizda bildirgan fikrlaridan hech qachon xavotirga tushmang.
4. Har doim kechirib kelgan, barcha injiqliklariga chidagan odamingiz aksariyat hollarda kutilmaganda, ortga qaytmas bo`lib ketadi.
5. Do`stlaringiz bo`lmasa bu falokat emas, ammo soxta va xiyonatkor do`stning bo`lishi katta kulfatdir.
6. Rejalaringiz haqida kamroq gapiring.
7. Hech qachon xiyonatni kechirmang. Har qanday xiyonat sizdan yaxshiroq insonni izlash oqibatida yuzaga keladi. Sizdan yaxshirog`ini topishga umid qilgan odam o`zida bor narsaning qadriga etmaydi…
8. Inson 80% suvdan tashkil topgan. Mabodo insonda orzu-niyat, maqsad bo`lmasa, u ko`lmakdan iboratdir.
9. Siz bilan birga bo`lishni istagan odamni ko`kragidan itarmang, balki u qiyin kunlaringizda siz uchun yagona tirgak bo`ladigan odamdir.
10. Boshqalarga ko`nglingiz tortganday munosabatda bo`ling, chunki ular siz bilan o`zingiz xohlaganday munosabatda bo`lmaydi.





