AQShda Kopa Amerika-2016 turniri davom etmoqda. “D” guruhi 3-tur markaziy o`yinida Chili terma jamoasi Panamaga qarshi bahs olib bordi.
Chili terma jamoasi 4:2 hisobida Panamani mag`lubiyatga uchratib, chorak finalga chiqdi. Avvalroq ushbu guruhdan Argentina pley-offga yo`l olgandi.
Chorak finalda Chili termasi Meksika futbolchilariga qarshi to`p suradigan bo`ldi. Argentina Venesuelaga to`qnash keladi.
Chili – Panama 4:2 (2:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 5 Kamargo, 1:1 – 15 Vargas, 2:1 – 43 Vargas, 3:1 – 50 Sanches, 3:2 – 75 Arroyo, 4:2 – 89 Sanches.
Ogohlantirishlar: Kamargo (52), Kammingz (72), Enrikes (78), Isla (90).





