Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Farhod bozori chorrahasidagi ishlamayotgan svetoforlar tufayli yuzaga kelgan tirbandlikni bartaraf etgan va avtomobillar harakatini ko`ngilli ravishda tartibga solgan yigitning videolari tarqaldi. Yigitning xatti-harakatlari internet foydalanuvchilarining maqtovlariga sazovor bo`ldi.
Videoda yosh yigitning chorraha markaziga chiqib olib, qo`llari yordamida avtomobillar harakatini tartibga solayotgani aks etgan.
Guvohlarning ma`lum qilishicha, mazkur chorrahada svetofor deyarli yarim kun ishlamagan.





