Futbol bo`yicha Evropa chempionati uchrashuvlari davom etmoqda. “E” guruhi birinchi turida Shvesiya terma jamoasi Irlandiya futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.
Mazkur o`yin favoriti hisoblangan Shvesiya qiyinchilik bilan durang qayd etdi. 48 daqiqada Xulaxan hisobni ochgan bo`lsa, 71 daqiqada Klark o`z darvozasini ishg`ol qilib qo`ydi. Natijada 1:1 hisobi qayd etildi.
Evro–2016. “E” guruhi, 1-tur
Irlandiya – Shvesiya 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar:1:0 – 48 Xulaxan, 1:1 – 71, avtogol Klark.
Irlandiya – Rendolf, Koulmen, O′Shi, Klark, Breydi, Makkarti (Makgidi, 85), Uelan, Xendrik, Xulaxan (Kin, 78), Uolters (Makkleyn, 64), Long.
Shvesiya – Isaksson, Lyustig (Yuxansson, 45), Lindelef, Grankvist, Olsson, Larsson, Leviski (Ekdal, 86), Chelstrem, Forsberg, Berg (Gvidetti, 59), Ibragimovich.
Ogohlantirishlar:Makkarti (43), Lindelef (61), Uelan (77).





