Sobiq tennis bo`yicha juftlik bahslarida dunyoning birinchi raketkasi Anna Kurnikova ispaniyalik xonanda Enrike Iglesias bilan tushgan suratini o`zining Instagram`dagi sahifasiga joylashtirdi. Bu haqda "Gazeta.ru" xabar bermoqda.
Suratda Kurnikova va Iglesiasni, shuningdek Annaning ukasi Allan Kurnikovni ham ko`rish mumkin.
Rossiyalik tennischi va ispaniyalik qo`shiqchi 2001 yildan beri uchrashishadi. Biroq, ular 15 yildan beri birgalikdagi suratlarini deyarli e`lon qilmaydi.
Hozirgi kunda Anna Kurnikova AQShning Mayami shtatida yashaydi va model bo`lib faoliyat yuritadi. U bir vaqtning o`zida AQSh hamda Rossiya fuqarosi hisoblanadi.





