Ijtimoiy tarmoqlarda 7500 dona atirgullardan iborat ulkan guldastaning suratlari tarqaldi.
Mazkur suratni internetga joylagan foydalanuvchi uni quyidagicha izohladi:
“Bugun mening qo`shnim o`z rafiqasining tug`ilgan kuniga mana shunday chiroyli guldastani sovg`a qildi. Guldasta 7500 dona atirguldan iborat. Yashang, qo`shni! Har bir ayolga mana shunday guldasta sovg`a qilinishini tilayman!”
Ulkan guldastaning suratlari internet foydalanuvchilari tomonidan keng muhokama qilindi. Kimdir guldasta sovg`a qilinayotgan ayolga xavas qilishini aytsa, yana kimdir “bunday katta guldastaning o`rniga boshqa sovg`a bersa bo`lardi” qabilidagi izohlarni yozib qoldirmoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, bunday ulkan guldastaning narxi salkam 8 million so`mni tashkil etadi.





