AsosiyDunyo

Maymunlar kamerani o`g`irlab, do`stlari bilan selfiga tushdi

AQShning Antonio shahridagi Manuel milliy bog`ida oq kapusina maymunlari kamerani o`g`irlab, do`stlari bilan selfiga tushdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

18 yoshli amerikalik Koul Veber maymunlarni videoga olish maqsadida yashirin kameradan foydalanmoqchi bo`ldi va Go Pro kamerasini daraxtda qoldirdi. Ammo u maymunlarning kamerani olib qochishini kutmagan. Ular kamerani avvaliga tishlab, eyishga harakat qilishgan, ammo buning uddasidan chiqmagach, kamerani uloqtirgan. Keyin ikkinchi maymun kelib, kamerani qo`liga olib, diqqat bilan kuzatgan, so`ng uning ham qiziqishi so`nib, gadjetni joyiga qo`ygan. 

Yigitning telefoni kameriga ulangani bois, u bo`layotgan voqealarni jonli efirda kuzatgan. “Men bu videoni boshqalarga ko`rsatganimda, ular hayratga tushishdi va uni “Zo`r!” deb baholashdi”, deydi Koul Veber.

    Boshqa yangiliklar