Futbol bo`yicha Kopa Amerika-2016 turnirining “V” guruhi 2-tur uchrashuvlariga start berildi. Dastlabki o`yinda Braziliya terma jamoasi Gaitini 7:1 hisobida mag`lubiyaga uchratdi.
O`yinda asosiy qahramon Filipe Koutino bo`ldi. U raqiblar darvozasiga uchta gol kiritishga muvaffaq bo`ldi va shu orqali jamoasining yirik g`alabasiga hissa qo`shdi.
Braziliya – Gaiti 7:1 (3:0, 4:1)
Gollar: 1:0 – 14 Koutino, 2:0 – 29 Koutino, 3:0 – 35 Renato Augusto, 4:0 – 59 Gabriel, 5:0 – 67 Lukas Lima, 5:1 – 70 Marslen, 6:1 – 86 Renato Augusto, 7:1 – 90 Koutino.
Ogohlantirishlar: Goro (25), Kazemiro (38).





