Eronning “Persepolis” jamoasi darvozaboni Sosha Makani sariq ishton kiygani uchun olti oyga futboldan chetlatildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Eron futbol federasiyasining odob-axloq qo`mitasi 29 yoshli futbolchini sariq ishton kiyib, suratga tushgan va ushbu suratlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgani uchun jazolashga qaror qildi.
Makani shu yilning yanvar oyida paranjisiz ayollar qurshovida suratga tushgani uchun hisbga olingandi va qamoq jazosini o`tagandi.





