2016 yilning 9 iyun kuni Toshkent shahridagi Qozog`iston Respublikasi Elchixonasida Hamdardlik kitobiga O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi nomidan qayd kiritildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu Hamdardlik kitobi Aqto`be shahridagi terroristik xuruj qurbonlariga bag`ishlab mamlakatda milliy motam kuni e`lon qilinganligi munosabati bilan ochilgan.
Eslatib o`tamiz, Qozog`istonda Aqto`bedagi terakt qurbonlari xotirasiga e`lon qilingan milliy motam kuni bo`lib o`tmoqda.





