Rossiyaning Voronej shahrida shirakayf yigit, mastligida tanimay, o`z singlisini kaltaklab, pulini tortib olgan, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Voqea 4 iyun kuni, tungi 23:00 da Plexanov ko`chasida ro`y bergan. Jinoyatchi spirtli ichimlik ichganligi sababli 21 yoshli singlisini tanimay, kaltaklab, 9 ming rublini tortib olgan va voqea joyidan yashiringan. Jabrlanuvchi yordam so`rab, polisiyaga murojaat qilgan.
Huquq-tartibot idorasi xodimlari jinoyatchini zudlik bilan qo`lga olgan. U jabrlanuvchining 28 yoshli akasi bo`lib chiqqan. Yigit polisiya idorasiga olib kelingan va aybiga iqror bo`lgan. U qamoqqa olinib, RF JKning 161-moddasi bilan (“Bosqinchilik”) jinoyat ishi qo`zg`atilgan.





