Italiya futbol federasiyasi Evro-2016 turniridan keyin mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ketadigan Antonio Kontega o`rinbosar topdi. Italiya termasi bosh murabbiyi Jampero Ventura bo`ladi.
68 yoshli mutaxassisning so`nggi ish joyi “Torino” klubi bo`lgan. Tajribali mutaxassis 2011 yilda u erdan ketgandi. Ma`lumotlarga ko`ra, Ventura 2,6 mln evroga teng 2 yillik shartnomaga imzo chekkan.
O`z navbatida Evro-2016 musobaqasi tugagach Antonio Konte “Chelsi”da o`z ishini boshlaydi.





