AQShning Las-Vegas shahrida 5 iyun kuni o`tkazilgan “AQSh go`zali” tanlovida 26 yoshli, vashingtonlik harbiy xizmatchi qiz Deshona Barber g`alabaga erishdi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

Iste`fodagi harbiy xizmatchining qizi, “Kolumbiya okrugi go`zali” unvoni egasi, Virjiniya shtati Universitetining biznes-menejment fakultetini tugatgan Deshona otasining izidan borib, AQSh qurolli kuchlari, quruqlikdagi qo`shinlari safiga yoziladi. U Fort-Mid bazasida kapitan unvonini olgunga qadar xizmat qiladi. Uning fikricha, harbiy xizmatchi ayollarning harbiy erkaklardan farqi yo`q, AQShda jins odamni chegaralab qo`ymaydi.

Aynan Deshora Barber yil oxirida o`tkaziladigan “Koinot go`zali” tanlovida AQSh sharafini himoya qiladi.






