AsosiyShou-biznes

Internetda Sardor Rahimxonning vafot etgani haqidagi xabarlar tarqaldi

Telegram messenjeri va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sardor Rahimxonning vafot etgani haqidagi xabarlar tarqaldi. 

“O`zbekiston estrada yulduzi Sardor Rahimxon baxtsiz hodisa sabab olamdan ko`z yumdi”,—deyiladi Telegram messenjeri orqali tarqalgan xabarda.  

Xonandaning o`zi esa Instagram ijtimoiy tarmog`idagi shaxsiy sahifasi orqali mazkur mish-mishlarga quyidagicha munosabat bildirdi:

“Ro`zai Ramazon oylarida birovning ko`nglini ranjitish gunohi og`ir. Birovga o`lim tilagandan ko`ra, o`ziga umr tilasa bo`lardi. Azizlar, bunaqa gap-so`zlarga e`tibor bermang. Xudoga shukur, sog`-salomatman. Olloh bunday insonlarni jazosini bersin, yaxshisi insof bersin”.

Boshqa yangiliklar