Turkiya janubida maktab o`quvchilari mingan avtobus sug`orish kanaliga ag`darilib, 14 kishi halok bo`lgan, 26 kishi esa turli darajadagi tan jarohatlari olgan, deb xabar qildi “Lenta.ru” nashri.
Bu voqea yakshanba kuni kechqurun, Usmoniya viloyatida ro`y berdi. Ma`lumotlarga ko`ra, maktab o`quvchilari mingan avtobus ekskursiya uchun Iskandariyadan Qoratepa qal`asi tomon ketayotgan bo`lgan, haydovchi rul boshqaruvini yo`qotishi natijasida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan.
Halokatni tasodifiy yo`lovchilar ko`rib qolib, jabrlanganlarga yordam berishga harakat qilishgan. Voqea joyiga ko`plab qutqaruvchilar, bir necha “Tez yordam” mashinalari etib kelgan.
Olti nafar bola, sakkiz nafar odam voqea joyida, bir kishi kasalxonada vafot etgan. Uch kishi esa og`ir ahvolda jonlantirish bo`limiga yotqizilgan. Voqea joyida hamon qidiruv va qutqaruv ishlari olib borilmoqda.





