AsosiyDunyo

BAAlik tadbirkor avtomobil raqami uchun 5 million dollar to`ladi

Birlashgan Arab Amirliklarida yashovchi tadbirkor o`z avtomobili uchun maxsus raqamli belgi olish uchun 5 million dollar to`ladi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

“1” raqami auksionga qo`yilgan edi. Bu raqamning boshlang`ich narxi tadbirkor sotib olgan narxdan ko`ra 20 marta arzonroq edi. Tadbirkor bunday raqamni sotib olishini har doim hamma narsada birinchi bo`lishga intilishi bilan izohladi. 

Bundan avval esa xuddi shu “1” raqamini boshqa bir BAA fuqarosi sotib olgan edi. U mazkur raqam uchun 14,5 milliard dollar sarflagan edi. 

BAAning Abu Dabi shahri yo`l polisiyasi noodatiy avtomobil raqamlari sotiladigan hayriya auksionlarini muntazam o`tkazib turadi. Auksiondan tushgan pullar esa hayriya ishlariga sarflanadi.

Boshqa yangiliklar