Bahorda AQShning Nyu-York shtatida yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan xonanda Lola yana bir xorijiy shaharda muxlislari uchun kuylashini ma`lum qildi.
“Moskva...Tayyormisiz? Yoningizga ketyapman”,—deb yozdi xonanda Moskva shahrida konsert berishni rejalashtirayotganiga ishora qilib.
Konsert sanasini xonanda hozircha oshkor qilmagan. Muxlislar Lolaning Toshkentdagi konserti qachon bo`lishiga qiziqqanida u “noyabrda” deya javob berdi.





