Texasning Shugar shahrida selfiga atab yodgorlik qo`yildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Unda o`zlarini qo`l telefoni orqali suratga olayotgan ikki qiz tasvirlangan. Bu yodgorlik shahar ma`muriyati binosi yoniga o`rnatilgan. Bu haykal jamoatchilikning tanqidiga uchradi. Ularning fikricha, bu pulni havoga sovurishdir. Haykalni shahar ma`muriyatiga shu erda yashovchi mahalliy fuqaro hadya qilgan. Boshqalarga esa haykalning mohiyati yoqmagan.
Shahar ma`muriyatining bergan ma`lumotiga ko`ra, selfiga atalgan yodgorlik to`plamiga o`nta haykal kiritilgan. Ular hadya qilinganda qaerga o`rnatilishi noma`lum bo`lgan. Haykallardan birida gitara chalib o`tirgan erkak ham aks ettirilgan.





