“Borussiya” D yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan amaldagi shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi. Bu haqda championat.com xabar bermoqda.
Armanistonlik futbolchi 2017 yilgacha mo`ljallangan shartnomasini oxiriga etkazib, keyin klubdan ketmoqchi. Uning xizmatlariga “Chelsi” va “Arsenal” qiziqish bildirgan.
27 yoshli pleymeyker yakuniga etgan mavsumda Bundesliganing 31 o`yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 18 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Shuningdek, u Germaniya chempionatida mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.





