Ayni damda Toshkentni katta qurilish va bunyodkorlik maydoniga qiyoslash mumkin. Chor-atrofda ulkan texnikalar g`ala-g`ovuri, yo`llarda, massivlarda katta ko`lamdagi ishlarning olib borilayotganiga guvoh bo`lmoqdamiz.
Darhaqiqat, joriy yilda poytaxt yo`llaridagi avtotransport oqimining shiddat bilan oshib borishini inobatga olib yo`llarda harakatlanish xavfsizligini ta`minlash, markaziy va shoh ko`chalarda transport oqimining pasayishiga, eng muhimi, yo`lovchi va piyodalar xavfsizligiga erishish maqsadida juda katta bunyodkorlik ishlari boshlandi. Bu haqida poytaxt hokimligi alohida matbuot anjumani o`tkazib, ommaviy axborot vositalari vakillari orqali keng jamoatchilikni xabardor etgan edi.
Shu bilan birga, hozirgi kunda rejalashtirilgan ishlarning jadal boshlab yuborilgani, tabiiyki, ko`plab markaziy va shoh ko`chalarda, yo`l o`tkazgichlarda vaqtinchalik tirbandliklar, bir so`z bilan aytganda, noqulayliklarga sabab bo`layotir. Shularni hisobga olib, shahar hokimligida brifing tashkil etildi. Unda poytaxt yo`llarida tramvay liniyalarining demontaj qilinishi hisobiga yo`l qoplamalari o`rnatish ishlari, markaziy magistral ko`chalardagi rekonstruksiya hamda ta`mirlash jarayonlari, Nurafshon ko`chasining uzaytirilishi hisobiga bunyod etilishi rejalashtirilgan yangi kichik xalqa yo`lini qurish borasidagi ishlar, shuningdek Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tomonidan o`z yo`nalishida joriy yil yakuniga qadar amalga oshirilishi mo`ljallanayotgan obodonlashtirish va ta`mirlash ishlari haqida batafsil axborot berildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati xabar beradi.
Jumladan, Toshkent shahar hokimligining mahalliy byudjet mablag`lari hisobidan:
Tramvay yo`llarining demontaj qilinishi munosabati bilan quyidagi ko`chalarda yo`l qoplamalari tiklanadi:
- “Sarikul”, Mehrjon”, “8-mart”, “Sayxun” ko`chalarining “Farg`ona yo`li” ko`chasigacha, Aliev, Fitrat, Temiryo`lchilar ko`chalarining Shimoliy vokzalgacha;
- “Taraqqiyot” ko`chasidan boshlab TKAXY bo`ylab Shimoliy vokzal, “Qushbegi” ko`chalaridan to Shota Rustavelli ko`chasigacha;
- Muqimiy ko`chasining “Chilonzor Oqtepa” maydonidan Shota Rustavelli ko`chasigacha;
- Uyg`ur ko`chasining “Samarqand darvoza” ko`chasi bilan chorrahasidan va Beshqayrag`och ko`chasidan TAXYgacha qismida;
- Sakkokiy, Almoniy, To`qimachi ko`chalarida;
- Beltepa, Kamarniso ko`chalarida;
- O`rozboev, Qora-qamish ko`chalarining “Malika” aylanmasigacha bo`lgan qismida.
Toshkent shahrining quyidagi magistral ko`chalari rekonstruksiya qilinmoqda:
- O`zbekiston ko`chasining Amir Temur ko`chasi chorrahasidan Bunyodkor ko`chasi chorrahasigacha;
- Bobur ko`chasining Xalqaro aeroportdan Nukus ko`chasigacha;
- Nukus ko`chasining Bobur kshchasi Mustaqillik ko`chasigacha bo`lgan qismida;
- Shuningdek, Toshkent Xalqaro aeroporti hududida avtoturargoh qurish ishlari rejalashtirilgan.
Toshkent shahridagi quyidagi yo`l o`tkazgichlarning tonnel qismlarida ta`mirlash-tiklash ishlari olib boriladi:
- Abdulla Qodiriy ko`chasidagi yo`l o`tkazgich ;
- Mustaqillik va Abdulla Qodiriy ko`chalari kesishuvidagi yo`l o`tkazgich;
- Mustaqillik va TKAXY (Salor temir yo`l ko`prigi va avtoyo`l ko`prigi) yo`l o`tkazgichi;
- “Do`rmon yo`li” ko`chasidagi yo`l o`tkazgich.
Shuni alohida qayd etish lozimki, poytaxtimizda Markazlashgan hamda Respublika Yo`l fondi mablag`lari hisobidan ham katta hajmda magistral ko`chalarni rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan:
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 5 avgustdagi 227-son qaroriga asosan :
- Mustaqillik ko`chasining Amir Temur xiyobonidan Mirzo Ulug`bek ko`chasigacha;
- Amir Temur ko`chasining Amir Temur xiyobonidan Quloqtepa ko`chasigacha;
- Afrosiyob ko`chasining Sharof Rashidov ko`chasidan Nukus ko`chasigacha;
- Mirzo Ulug`bek ko`chasining Taraqqiyot ko`chasidan TTZ shohbekatigacha;
- Do`rmon ko`chasining Mirzo Ulug`bek ko`chasidan “Bog`ishamol” ko`chasigacha bo`lgan qismida rekonstruksiya ishlari amalga oshiriladi.
Markazlashgan mablag`lar hisobidan amalga oshirilmoqda.
- “Nurafshon” ko`chasining Beruniy ko`chasidan Chilonzor Oqtepa maydonigacha uzaytirilishi;
- Nukus ko`chasini Muqimiy va Bobur ko`chalari oralig`ida uzaytirish;
- Mirzo Ulug`bek ko`chasidan Ohangaron shossesigacha “Taraqqiyot” ko`chasini qurish ishlari davom ettirilmoqda.
- Shota Rustavelli hamda Muqimiy ko`chalari kesishuvidagi yo`l o`tkazgich qurilishi markazlashgan mablag`lar hisobidan amalga oshirilmoqda.
Shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasidan olingan ma`lumotlarga ko`ra, aynan ushbu bosh boshqarmaning joriy yil yakuniga qadar shahar va tumanlar tasarrufidagi yo`l va yo`laklarni butkul va joriy ta`mirlash rejalari quyidagicha:
- X.Boyqaro ko`chasi (DSN binosidan Bektemir yo`li ko`chasigacha bo`lgan oraliq)
- Nukus ko`chasi (Bobur ko`chasidan “Taraqqiyot” ko`chasidagi transport tonneligacha bo`lgan oraliqda bordyur almashtirish)
- “Qorasaroy” ko`chasi (A.Qodiriy ko`chasidan “Qumloq” ko`chasigacha bo`lgan oraliq)
- “Beshyog`och” ko`chasi (“Samarqand darvoza” ko`chasidan Masjid binosigacha bo`lgan oraliq)
- “Katta Qa`ni” ko`chasi (Foziltepa ko`chasidan Al-Xorazmiy ko`chasigacha bo`lgan oraliq)
- “Yangi Yunusobod” ko`chasi (Yangi Shahar ko`chasidan TAHYgacha bo`lgan oraliq)
- Bobur ko`chasi (Aeroport yo`li o`tkazgichidan Nukus ko`chasigacha bo`lgan oraliqda bordyur almashtirish)
- “Beshariq” ko`chasi ( “Izzat” ko`chasidan 48-ko`p qavatli uygacha bo`lgan oraliq)
- “Yangi Baynalmilal” ko`chasida yo`l va yo`laklarni avtoturargoh bilan birga butkul ta`mirlash
- Bobur ko`chasi (Aeroport maydonidan Shota Rustaveli ko`chasigacha bo`lgan oraliq)
- “Nukus” ko`chasi (Bobur ko`chasidan “Taraqqiyot” ko`chasigacha bo`lgan oraliq)
- Yaxyo G`ulomov ko`chasi (Mustaqillik shox ko`chasidan Istiqbol ko`chasigacha bo`lgan oraliq)
- Abdulla Qodiriy ko`chasi (Rashidov ko`chasidan Qori Niyoziy ko`chasigacha bo`lgan oraliq)
Toshkent shahar hokimligi:
“Hurmatli hamyurtlarimiz olib borilayotgan keng ko`lamli qurilish ishlari davomida yuzaga kelayotgan noqulayliklar, yo`llardagi tirbandliklarni to`g`ri tushunadilar, deb umid qilamiz. Zero, pirovardida ulkan hajmdagi bunyodkorlik ishlari eng avvalo, shahrimiz aholisi va mehmonlarning qulay harakatlanishlari, poytaxt ko`chalari va yo`llarida tirbandliklarning oldini olish, harakatlanishning bexatar bo`lishi uchun xizmat qilishi shubhasiz.”





