O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkazishga qaratilgan “Hech kim mehr va e`tibordan chetda qolmasin!” shiori ostidagi salomatlik haftaligi boshlandi.
Haftalik doirasida shifokorlar xonadonlarda bo`lib, nuroniylar, jismoniy imkoniyati cheklanganlar holidan xabar olmoqda. Muloqotlarda oilada sog`lom turmush tarzini qaror toptirish, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish yuzasidan tushuntirish ishlariga ham alohida e`tibor qaratilayotir.





