Germaniya janubida kuchli yomg`ir oqibatida suv toshqini yuzaga kelib, uch kishi halok bo`lgan. 29 may kuni kechqurun mamlakatning janubiy qismida momaqaldiroq bo`lib, kuchli do`l yoqqan, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.
Tabiiy ofatdan Baden-Vyurtemberg va Bavariya hududlari kuchli talafot ko`rgan. Ma`lumotlarga ko`ra, Baden-Vyurtembergda o`t o`chiruvchi va uni qutqarmoqchi bo`lgan kishi halok bo`lgan.
Xaylbronnda erto`la-garajda qamalib qolgan odam ham halok bo`lgan. Mahalliy polisiyaning xabar berishicha, tabiiy ofatni bartaraf etish bo`yicha barcha chora-tadbirlar ko`rilmoqda. Xaylbronn shahri boshqalariga qaraganda jiddiy talafot ko`rgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda ko`chada duch kelgan narsani, hattoki avtomobil, yuk mashinalarini oqizib, yuvib ketayotgan toshqin aks ettirilgan videolar paydo bo`lgan. Ba`zi bir tumanlarda avtomobil yo`llari berkilib qolgan.
Braunsbax shahrida daryo qirg`og`idan toshib ketgan. Aholining asosiy qismi evakuasiya qilingan, qurbonlar yo`q.
Sinoptiklar po`rtana mamlakatning shimoli-sharqiy tomoniga qarab harakat qilayotganini ma`lum qilgan. Brandenburg aholisi 30 may kuni po`rtanadan ogohlantirilgan.





