“Islom davlati” terroristik guruhi Marsel shahrida Angliya-Rossiya o`rtasida o`tkaziladigan “Evro-2016” matchida ularning muxlislariga hujum uyushtirishni rejalashtirgani ma`lum bo`ldi, deya xabar qildi “Lenta.ru” nashri.
Ma`lum bo`lishicha, terrorchi-hudkush o`zini portlatib yuborishdan tashqari, o`q otish qurolidan, dron va kimyoviy moddadan foydalanishni rejalashtirgan.
Bu terakt rejasi Parij va Bryusselda sodir etilgan terakt bo`yicha ayblangan Saloh Abdusalomning kompyuteridan topilgan. U joriy yilning mart oyida Belgiya poytaxtida polisiya reydi vaqtida qo`lga olingan.
Ismi-sharifi sir tutilgan Britaniya maxsus xizmati vakilining so`zlariga ko`ra, terakt Marselning qo`riqlanmaydigan mintaqasida sodir etish ko`zda tutilgan.
“Muxlislar dam oladigan bar va restoranlar terrorchilar uchun juda qulay nishon bo`ladi. Hozir bu masalani hal qilish uchun fransuzlar bilan muzokaralar olib borilmoqda”, - deya xabar beradi manba.
Rossiya va Angliya o`rtasida o`tkazilishi rejalashtirilgan o`yin Marselning “Velodrom” stadionida 11 iyun kuni bo`lib o`tadi.





