“Universiada-2016” sport o`yinlarining futbol bo`yicha o`tkazilayotgan musobaqasida bosh sovrin sohibi ma`lum bo`ldi. Finalda Toshkent shahri termasi Farg`ona viloyati terma jamoasini 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.
Shunday qilib, Farg`onada o`tkazilgan “Universiada-2016” sport musobaqalarining futbol turi bo`yicha bo`lib o`tgan bahslarida Toshkent shahri jamoasi oltin medalni qo`lga kiritdi. Kumush medal esa Farg`ona viloyati terma jamoasiga nasib etdi. Samarqandlik talaba futbolchilar esa uylariga bronza medali bilan qaytadigan bo`lishdi.
G`olib va sovrindorlar munosib tarzda taqdirlanishdi.
“Universiada-2016” musobaqasi . Futbol – Final
Farg`ona viloyati terma jamoasi – Toshkent shahri terma jamoasi - 0:2
Gollar: Muhsin Ubaydullaev 2 ta
Bosh hakam: Ravshan Ermatov.





