1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Olmazor tumanidagi “Nurafshon” madaniyat va istirohat bog`ida Facebook ijtimoiy tarmog`ining Maslahat.uz guruhi a`zolari tomonidan uyushtirilgan hayriya tadbiri bo`lib o`tdi.

Tadbir davomida yuzga yaqin bolaga “Nurafshon” bog` ma`muriyati tomonidan attraksionlaridan foydalanish uchun maxsus taklifnoma, xususiy tadbirkorlar tomonidan taqdim etilgan rang-barang sovg`alar in`om etildi.

Bolalarga taqdim etilgan sovg`alar, bayram arafasida ularning shodligiga quvonch ulashdi.





