AsosiyShou-biznes

Xonanda Sogdiana “Ko`p millatli Rossiya” loyihasida o`zbek millatini aks ettiradi

Sogdiana Rossiyadagi tanlovda o`zbek millati vakili sifatida ishtirok etmoqda. Bu haqda u o`zining Instagram`dagi shaxsiy sahifasida ma`lum qildi.

“2016 yilning 16 iyunida ya`ni Rossiya kunida millatlar ishi bo`yicha federal agentlik va ‘Komsomolskaya pravda’ nashri bilan hamkorlikda ‘Ko`p millatli Rossiya’  loyihasini o`tkazadi. Loyiha doirasida fotoko`rgazma ham bo`lib o`tadi. Men esa bajonidil mana shu loyihada ishtirok etdim” ,—deb yozib qoldirdi Sogdiana. 

Sogdiananing milliy uslubda tikilgan atlas ko`ylagi va do`ppisi aksariyat internet foydalanuvchilariga manzur bo`ldi. buni yozib qoldirilayotgan izohlardan bilishi mumkin.


 

Boshqa yangiliklar