Bugun O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anievaning xonadonida baxtli hodisa yuz berdi. Uning singlisi Nasiba qiz farzandli bo`ldi. Chaqaloqqa Latifa deb ism qo`yishdi.
Rayhon va Nasiba bu baxtli hodisa haqida Instagramdagi sahifalarida xabar qoldirishdi. Rayhon singlisini tabriklab, unga quyidagi tilaklarni yo`lladi:

“Meni jonim, seni chin qalbdan tabriklayman. Sen ona bo`lding. Ollohim senga va bizning kichkina malikamizga sog`lik va baxt ato etsin. Seni juda yaxshi ko`raman!”
Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan opa-singillarni bu baxtli sana bilan muborakbod etib qolamiz!





