Yaqinda Toshkentga Shanhay hamkorlik tashkiloti sammitiga tashrif buyuradigan yuqori martabali mehmonlarga xizmat ko`rsatish uchun yangi Cadillac avtomobillari va Coach Higer mikroavtobuslari keltirildi, deb yozadi “Novosti Uzbekistana” nashri.
Ijtimoiy tarmoqlarda avtomobillarning surati va ShHT sammitiga tashrif buyuruvchi yuqori martabali mehmonlarga xizmat qilish uchun maxsus keltirilgan avtotransport vositalari ro`yxati paydo bo`ldi.

Hujjatga ko`ra, 17 may kuni hukumat qaroriga binoan O`zbekistonga 50 dona Cadillac XTS avtomobillari va 4 dona Coach Higer mikroavtobuslari keltirilgan.

Eslatib o`tamiz, ShHT sammiti Toshkent shahrida joriy yilning 23—24 iyun kunlari o`tkaziladi.





