Xonanda Shohruhxon va aktrisa Asal Shodieva shu paytgacha o`z munosabatlarini sir tutishga urinib keldi. Ular bir-birini sevishlarini biron marta ochiq-oshkora aytmaganliklarida ham qandaydir hikmat bordir, balki?

Dastlab ularning “Love Story” uchun fotosessiya o`tkazgani hammaga ma`lum bo`ldi. Keyinroq esa ularning to`yi sanasidan ham boxabar bo`ldik. Biroq, shunday bo`lsa ham xonanda hanuzgacha Asalga uylanayotganini oshkor etmayotgan edi. Mana endi, hammasi kunday ravshan bo`ldi. Bugun xonanda Dilfuza Ismoilova uzoq kutilgan yulduzli to`yga taklif etilganini bildirib, ikki yoshga baxt tiladi. Demak, Shohruhxon va Asal 5 iyun kuni munosabatlarini rasmiylashtiradi. Shou-biznes olamida esa yana bir yulduzli oila vujudga keladi.
Tahririyatimiz nomidan ikki yoshga baxt tilab qolamiz!
BU YILGI ZAKOT, FITR VA FIDYa MIQDORI E`LON QILINDIhttps://t.co/Xz6yy80aAv pic.twitter.com/BiS4wsLANm
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 26 maya 2016 g.





