O`zbekiston musulmonlari idorasi ulamolar kengashining qarori bilan bu yilgi zakot, fitr va fidya miqdori e`lon qilindi.
O`zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay`atining milodiy 2016 yil (hijriy 1437 yil) uchun ZAKOT nisobi 1 gr. tilloning bugungi kundagi bozordagi o`rtacha narxi 135 000 so`m ekanligini e`tiborga olib, 85 gr. tillo hisobidan zakot nisobi 11 475 000 so`m ekanligi va mazkur summadan qirqdan bir hissasi, ya`ni 286 875 so`m zakot chiqarish to`g`risidagi xulosasi ma`qullandi.
Bu yilgi Fitr sadaqasi miqdori viloyat, shahar va tuman bozorlaridagi 2 kg. bug`doy narxidan kelib chiqqan holda belgilandi. (Masalan 2016 yilda Toshkent shahar bozorida 1 kg. bug`doyning narhi o`rtacha 2000 so`m bo`lsa, demak 2 kg. bug`doy narxi 4000 so`m bo`ladi).
Bu yilgi Fidya miqdori doimiy uzr bilan ro`za tutolmaydigan kishilar uchun bir och odamning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo`lib, o`rtacha 10 000 so`m deb belgilandi.
XITOYDA 66 JUFTLIKNING TO`YI BIR KUNDA O`TKAZILDIhttps://t.co/sMVAgtWBLg pic.twitter.com/YjqYakMtRS
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 26 maya 2016 g.





