Xitoyning Xebey provinsiyasida 66 nafar sevishgan yigit-qizlarning to`yi ommaviy ravishda bir kunda o`ktazildi, deb yozadi Daily Mail.

Bu Xan sulolasi uslubidagi to`y marosimi bo`ldi. “Mazkur marosim bundan ming yil avval paydo bo`lgan, hozirgi zamonda esa uni yigirma daqiqada o`tkazish mumkin”,—deyiladi xabarda.

Ma`lumotlarga ko`ra, Xebey provinsiyasi tarixida ilk bor 66 nafar juftlikning to`yi bir kunda o`tkazilgan. Milliy kiyingan sevishgan yigit-qizlar nikohlash marosimida bir-birlariga umrlarining oxirigacha sodiq bo`lishga qasamyod qilgan.

So`nggi paytlarda bir nechta juftlikning to`yini ommaviy ravishda o`tkazish Xitoyda urfga kirgan.
FUTBOL BO`YIChA U-16 OSIYo ChEMPIONATIGA QUR`A TAShLANDIhttps://t.co/Bb0RnjuTQZ pic.twitter.com/ajh30pzSWO
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 26 maya 2016 g.





