Aktyor Yigitali Mamajonovni ko`pchilik “Ummon” guruhining “Yo`q” klipi orqali yaxshi biladi. Aslida aktyorning tanilishiga rejissyor Hotam Fayzievning “Yozsiz yil” filmi sabab bo`lgan.
“Tasvir” gazetasi Yigitali Mamajonov bilan suhbat uyushtirib, aktyorning ayni paytdagi o`y-xayollari, bolalik xotiralari va kelajak rejalari bilan qiziqdi.
Aktyorning hamkasblari haqidagi fikri e`tiborimizni tortdi. “Barcha san`atkorlar bilan munosabatim yaxshi. Ularning hech qaysisiga xasad qilmayman, orqasidan g`iybat ham qilmayman. Hech biriga nisbatan qalbimda gina, alamzadalik yo`q. Ammo, ularning hech qaysisi bilan oilaviy bordi-keldi qilmayman. San`atkorlar orasida yaqinim va ishongan do`stim yo`q”,—dedi Yigitali hamkasblari bilan munosabatlari haqida gapirar ekan.
Shuningdek, aktyor Rayhon bilan yarashgani to`g`risidagi mish-mishlarni izohlar ekan, bu gaplarning barchasi yolg`on ekanligini ta`kidlab o`tdi.
Ma`lumot uchun, avvalroq aktyor rafiqasi O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva bilan nikohi rasman bekor qilinganini aytgan edi.
YaNGI ZELANDIYaLIK AYoL INSTAGRAM FOYDALANUVChILARI KO`Z O`NGIDA 100 KILOGA OZDI(FOTO)https://t.co/tEI3hxjxMY pic.twitter.com/xg0vURw4oW
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 26 maya 2016 g.





