Tahririyatga qo`ng`iroq qilib, o`zini Dildora deya tanishtirgan muxlisa xonanda Ulug`bek Rahmatullaevning telefon raqamini so`raydi. Tahririyat xodimlari san`atkorlarning shaxsiy ma`lumotlarini berolmasliklarini aytganida, u o`zini suvga tashlamoqchiligini aytadi, — deb yozadi “kun.uz” “diydoraziz.uz” nashriga asoslanib.
Xonanda Ulug`bek Rahmatullaev bilan bog`langan tahririyat xodimlari ushbu holat yuzasidan izoh so`raydi.
Ulug`bek Rahmatullaev: — Bunday holatlar juda ko`p bo`ladi, hozirda parvo ham qilmayman. Boshida nima qilishimni bilmay qolganman. To`g`ri, meni yaxshi ko`rishlari, ardoqlashlaridan minnatdorman. Lekin men bilan gaplashmasa, o`zini o`ldiradigan inson qanaqa bo`lishi mumkin?! Ota-onasini o`ylamaydimi, bunday insonlarga ishonmayman, qolaversa, bu gaplari yolg`on. Men hayotga real qaraydigan va o`zini, birovni hurmat qiladigan insonlarni yaxshi ko`raman hamda do`stlashaman. Muxlislarim ham ana shunday bo`lishini istayman.
JONNI DEPPNING RAFIQASI AJRAShISh UChUN SUDGA ARIZA BERDIhttps://t.co/HlnhQEcJYx pic.twitter.com/tR48FRn6WZ
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 26 maya 2016 g.





