O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sevara Nazarxon oilasi bilan Buyuk Britaniyaga sayohat uyushtirdi.
Xonanda o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bu haqda ma`lum qildi.
“8 yil avval bizning birinchi farzandimiz—o`g`limiz tug`ilgan edi. U endi katta sayohatchi. Endi navbat uning singlisiga! U bizning safimizga qo`shilganidan bag`oyatda mamnunmiz! Sanoqli kunlardan keyin biz bir oylik bo`lamiz. O`zingga shukur!”,—deb yozdi xonanda.





