Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani ichki ishlar bo`limiga shu tumanda yashovchi 22 yoshli ayol murojaat qilib, noma`lum shaxs A.Navoiy mahallasi hududida uning qo`lidan "Nokia" rusumli qo`l telefoni tortib olib voqea joyidan yashiringanligini ma`lum qilgan, deb xabar beradi
O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu talonchilik jinoyatini shu shaharda yashovchi 24 yoshli fuqaro sodir etganligi fosh etilib, qo`lga olindi.
Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
BUGUN BARChA MAKTABLARDA SO`NGGI QO`NG`IROQ JARANGLADIhttps://t.co/0LWoAxxLbM pic.twitter.com/aAqBMMCwi5
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 25 maya 2016 g.





