Mana 15 yildan ortiq “Setora” guruhi va xonanda Ravshan Sobirov ijrosidagi “Hayr maktabim” taronasi barcha maktablarning “So`nggi qo`ng`irog`i”da yangrab kelmoqda.
Bugun 25 may kuni barcha maktablarda so`nggi qo`ng`iroq sadolari yangradi. Poytaxtimiz maktablaridan birida barcha maktab bitiruvchilarining madhiyasiga aylanib qolgan “Hayr maktabim” taronasi shaxsan uning ijrochilari tomonidan kuylandi. Ushbu hodisa Ravshan Sobirovning o`g`li bitirayotgan maktabda bo`lib o`tdi. Unda shaxsan xonandalarning o`zlari ishtirok etib, barcha bitiruvchilar uchun “Hayr maktabim”ni ijro etishdi.

Eslatib o`tamiz, 17 may kuni Ravshan Sobirov va Leyli mazkur taronani duet tarzida qayta kuylashgandi.
«IJTIMOIY FIKR»: O`ZBEKISTONDA HAR O`NINChI YIGIT-QIZ O`Z TADBIRKORLIK LOYIHASINI RIVOJLAN...https://t.co/BQbLbllgiJ pic.twitter.com/vU2mX62CGr
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 25 maya 2016 g.





