Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron rafiqasi Samantaga 2 ming dollarlik minilgan Nissan Micra avtomobilini olib berdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Nashrning yozishicha, Kemeron havo rangli Micra avtomobilini Oksfordshirdda joylashgan minilgan avtomobillar sotiladigan avtodilerdan sotib olgan.
Kompaniya boshlig`i Layen Xerrisning aytishicha, unga qo`ng`iroq qilishgan va bosh vazirning shaxsan o`zi uning yoniga kelayotganini ma`lum qilishgan. Layen buni xazil tariqasida qabul qilgan.
“U kompaniyaga kirib kelganida, ko`zlarimga ishonmadim. Kemeron bir yarimi soatcha mashinalarni ko`zdan kechirdi. U Buyuk Britaniyada yasalgan biror nima xohlashini aytdi”,—deydi Xerris.

Mashina tanlab bo`lgach, bosh vazir to`lovni plastik kartochka orqali amalga oshirgan.
JONNI DEPPNING QIZI CHANEL ATIRINING YuZI BO`LDIhttps://t.co/o8Shz2k5nl pic.twitter.com/icUOdCQthC
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 24 maya 2016 g.





