Kecha aktyor Alisher Uzoqov Davron Kabulovning to`yida bo`lgan bir vaqtda uning farzandi xonanda Shohruhxonning konsert dasturiga tashrif buyurdi.
Shohruhxoning taronalarini sevib tinglaydigan Uzoqovning farzandi konsert dasturdan yomon kayfiyatda qaytgan. Bu haqda aktyorning o`zi Instagramdagi sahifasida yozib qoldirdi.

“Mening o`g`lim Shohruhxonni qo`shiqlarini yaxshi ko`rib tinglaydi. U bugun konsertga Shohruhxonga gul beraman deb, gul olib konserta tushdi. O`g`limni qo`riqlash xizmati uni yoniga yo`latmabdi. 3 yoshli o`g`lim yig`lab qo`lidagi guli bilan orqaga qaytibdi. O`g`lim hafa bo`lma nasib qilib qolar!!!”
“BUNYoDKOR” VA “O`ZBEKISTON” METRO BEKATINI BOG`LOVChI KO`ChA YoPIB QO`YILDIhttps://t.co/gssZvsVaWV pic.twitter.com/PXZlVYtaYU
— DARAKCHI.UZ (@darakchi_news) 24 maya 2016 g.





